Dastur haqida
Dastur
Bu - sinonimlar lug'atining elektron ko'rinishi. Dastur internetsiz ham ishlaydi: bir marta ochilgandan keyin butun lug'at qurilmada saqlanib qoladi.
Telefon brauzerida "Bosh ekranga qo'shish" (Add to Home Screen) tugmasi orqali uni oddiy ilova kabi o'rnatib olish mumkin.
Uch alifbo
Lug'at matni uch alifboda ko'rsatiladi: amaldagi lotin, kirill va yangi lotin alifbosi.
Yangi alifbo 2026-yil 21-oktabrda imzolangan O'RQ-1184 sonli qonun bilan tasdiqlangan: harf birikmalari o'rniga bitta harf ishlatiladi - ch - ç, sh - ş, g' - ğ, o' - ö.
Alifboni yon menyudan almashtirasiz, tanlov qurilmada eslab qolinadi.
Qidiruv
Qidiruv alifbodan qat'i nazar ishlaydi: "chaqqon", "чаққон" va "çaqqon" bir xil natija beradi. Bosh so'z bilan birga sinonimlar va so'z birikmalari bo'yicha ham qidiriladi.
Tungi rejim
Yorug' va tungi ko'rinish yon menyudan tanlanadi. "Tizim bo'yicha" holatida dastur telefon sozlamasiga ergashadi.
Ishlab chiquvchi
Dastur UMD GROUP tomonidan ishlab chiqilgan.
Taklif va murojaatlar uchun quyidagi manzilga yozing:
@umdgroupadmin