Sinonimlar lug'ati

450 ta so'z

Abadiylik

abadiyat, mangulik, boqiylik, baqo

Abjir

epchil, chaqqon, chapdast, uddaburon, balo

Ablah

yaramas, iflos, razil, badkirdor, badkor, olchoq, qabih, palid, pastkash, battol

Ablahlik

pastkashlik, ifloslik, tubanlik, razillik, qabihlik, badkirdorlik, olchoqlik, palidlik

Achchiq

zahar, zahar-zaqqum

Achchiqlanmoq

jahllanmoq, g'azablanmoq, qahrlanmoq

Achinarli

ayanchli, ayanch, zabun

Adolat

odillik, adl

Adovat I

kek, kin, gidir, g'araz

Adovat II

xusumat, dushmanlik, yovlik, g'animlik, ag'yorlik, yog'iylik, aduliq

Advokat

oqlovchi, himoyachi

Afsona

rivoyat, asotir, uydirma

Afsonaviy

afsonavor, fantastik, xayoliy

Afsus I

attang, taassuf, pushaymon (pushmon), o'kinch, nadomat

Afsus II

attang, taassuf, esiz

Afsuslanmoq

afsus qilmoq, taassuflanmoq, pushaymon qilmoq, pushaymon bo'lmoq, o'kinmoq

Afzal

yaxshi, ortiq, ustun, yuqori, a'lo

Afzallik

ortiqlik, ustunlik, maziyat

Ahd

va'da, lafz, azm, jazm, to'xtam, qaror, ahd-paymon, paymon

Ahd qilmoq

azm qilmoq (etmoq), jazm qilmoq (etmoq), to'xtamga kelmoq

Ahdlashmoq

va'dalashmoq, ahd-paymon qilishmoq, kelishmoq, bitishmoq, shartlashmoq

Ahil

inoq, totuv, inoq-ittifoq

Ahmoq

tentak, telba

Ahvol

holat, hol, kepata, ahvolot, hol-ahvol

Ajab

ajablanarli, taajjubli, taajjublanarli, g'alati, g'ariba

Ajablanmoq

taajjublanmoq, hayron bo'lmoq, hayron qolmoq, hayratlanmoq, hayratda qolmoq, hayratga tushmoq, angraymoq, hang-mang bo'lmoq, hang-mang qolmoq

Ajin

tirish, burushiq

Ajratmoq I

ayirmoq

Ajratmoq II

ayirmoq, farqlamoq, farq qilmoq

Aka

og'a

Aks

teskari, qarshi, qarama-qarshi, zid, ters, chappa

Aksirmoq

aksa urmoq, chuchkurmoq

Alahlamoq

alahsiramoq, bosinqiramoq

Alanga

yolqin

Aldamoq

laqillatmoq, avramoq

Aloqador

bog'liq, daxldor, tegishli, oid, doir, taalluqli

Amal qilmoq

rioya qilmoq

Amaldor

mansabdor, a'yon

Amallamoq

ilojini topmoq, amal-taqal qilmoq

Aniq

ochiq, yaqqol, ravshan, yorqin, oydin, aniq-ravshan, aniq-tiniq, ochiq-oydin

Anqaymoq

angraymoq, ag'raymoq, lallaymoq

Anqov

merov, ovsar, dovdir, anoyi, go'l, pandavaqi, kalvak

Apil-tapil

naridan beri, shosha-pisha, apir-shapir

Aql

es, miya, bosh, kalla, xirad

Aqlli

oqil, esli, miyali, kallali, xiradmand

Aqlsiz

beaql, nodon, lodon, bexirad

Arang

zo'rg'a, zo'rg'atdan, bazo'r, zo'r-bazo'r, o'lib-tirilib

Ardoqlamoq

e'zozlamoq, e'zoz etmoq, papalamoq

Arg'imchoq

hayinchak, hayinchalak, halinchak

Armiya

qo'shin, lashkar, cherik

Arqon

arg'amchi, chilvir

Asabiy

tajang, jizzaki, jirraki, jirtaki

Asal

bol, shahd

Asar

asorat, nishon, alomat, iz, belgi

Ashaddiy

o'taketgan

Ashula

qo'shiq

Ashulachi

qo'shiqchi, xonanda, hofiz

Asil

sara, sarxil, mumtoz, poshshaxon

Asilzoda

oqsuyak, zodagon, aristokrat

Asir

tutqun, bandi

Asoslamoq

isbotlamoq, dalillamoq

Asqatmoq

kerak bo'lmoq, foyda bermoq, ish bermoq

Astoydil

sidqidildan, yurakdan, chindan, rostakam(iga), chinakam(iga), uvvalo

Atoqli

taniqli, nomdor, dongdor, mashhur

Atrof

tevarak, gird, gird-atrof, tegra, depara, har tomon, har taraf, har yon, aylana, qurshov, o'ng-u so'l, so'l-u sog'

Avaylamoq

ayamoq, ehtiyot qilmoq, asramoq, ardoqlamoq

Ayb

gunoh, jinoyat, qilmish, kirdikor, yoziq

Aybdor

aybli, gunohkor

Aybsiz

gunohsiz, begunoh, yoziqsiz

Ayg'oqchi

josus, xufiya

Ayirboshlamoq

ayirbosh qilmoq, almashmoq, almashtirmoq, alishmoq, mavoza qilmoq

Ayirmoq

ajratmoq, judo qilmoq, mahrum qilmoq

Aylanmoq

sayr etmoq, sayr qilmoq, kezmoq, kezinmoq

Aynimoq

buzilmoq, achimoq

Ayol

xotin, xotin-qiz(lar), xotin-xalaj

Ayovsiz

beayov, shafqatsiz, beshafqat, omonsiz, beomon, rahmsiz, berahm

Ayriliq

judolik, hijron, hajr, firoq, furqat

Aytishmoq

janjallashmoq, mojarolashmoq, g'ijillashmoq, qizarishmoq, tiklashmoq

Aytmoq I

bayon qilmoq (etmoq), izhor qilmoq (etmoq), bildirmoq

Aytmoq II

taklif qilmoq, chaqirmoq, chorlamoq

Aytmoq III

olmoq

Aziz

qadrli, qadrdon, qimmatli, arjumand

Azob

dard, og'riq, aziyat, jabr, jafo, ozor, alam, iztirob, uqubat

Badan I

tan(a), jism, borliq, vujud

Badan II

et, tan(a)

Badnom

uyatli, yomonotliq, sharmanda, sharmisor

Bahona

vaj, vaj-korson

Bahor

ko'klam

Bahs

tortishuv, munozara, mubohasa

Bajarmoq

ado etmoq, bitirmoq, o'rinlatmoq, do'ndirmoq, o'tamoq, bajo qilmoq

Bajonidil

jon-dildan, sidqidildan, jon deb, jon-jon deb

Baland

yuqori

Balandlamoq

yuqorilamoq, yuksalmoq, ko'tarilmoq, o'rlamoq

Balo

falokat, musibat, ofat

Balog'at

voya, kamol, kamolot, yetuklik

Baqirmoq

qichqirmoq, qiyqirmoq, chinqirmoq, bo'kirmoq

Barg

yaproq

Bastakor

kompozitor

Baxt

iqbol, tole, saodat, qut

Baxtli

baxtiyor, saodatli, toleli, mas'ud

Bayroq

yalov, alam, tug', baydoq

Befahm

fahmsiz, befarosat, farosatsiz, betamiz, kaltafahm, molfahm

Begona

yot, o'zga, birov, kishi, notanish, g'ayir, ag'yor

Behuda

bekor, bekorchi, bekorga, foydasiz, befoyda, zoye, benaf, ma'nosiz, ortiqcha, chakki

Beixtiyor

ixtiyorsiz, bexosdan, g'ayrishuuriy, bilmasdan

Bekam-ko'st

kam-ko'stsiz, benuqson, to'la (to'liq), to'kis, to'la-to'kis, but, badastir, mukammal

Bekinmoq

yashirinmoq, pismoq, biqinmoq

Bekor

beish, ishsiz, bekorchi, bo'sh

Belbog'

qiyiq, qiyiqcha, chorsi, belqars

Belgi

nishon, nishona, alomat, ifoda, tamg'a, taniq

Bemalol

bamaylixotir, bafurja, bahuzur, orqayin

Beparvo

parvosiz, beg'am, boqibeg'am, parvoyi falak, e'tiborsiz, bee'tibor, loqayd, sovuqqon

Bepoyon

poyonsiz, cheksiz

Berk

bekik, yopiq

Bermoq

baxsh etmoq, ato etmoq, bag'ishlamoq

Betashvish

beg'am, g'amsiz, qayg'usiz, bedard

Beza(t)moq

yasatmoq

Bezak

ziynat, hasham

Bezovta

notinch, betinch, besaranjom, beorom, betoqat, halak

Bilimdon

bilag'on, bilarmon

Bitirmoq

tugatmoq, tugallamoq, tamomlamoq, tamom qilmoq, ado qilmoq

Bo'lmoq

yuz bermoq, ro'y bermoq, sodir bo'lmoq, voqe bo'lmoq

Bo'shamoq

tushmoq, olinmoq, ozod qilinmoq, chetlatilmoq, iste'foga chiqmoq, bekor bo'lmoq

Bo'shashmoq

bo'shanqiramoq, holsizlanmoq, darmonsizlanmoq, majolsizlanmoq, madorsizlanmoq, shalviramoq, shalpaymoq

Bo'shatmoq

ozod qilmoq, qo'yib yubormoq, xalos qilmoq, qutqarmoq

Bo'yin

gardan

Bo'ysunmoq

itoat etmoq

Bola

farzand, zurriyot, bacha (bachcha), jujuq

Bolasiz

farzandsiz, befarzand, zurriyotsiz, bepusht, naslsiz, qisir

Boplamoq

qoyil qilmoq, qoyillatmoq, o'xshatmoq, o'rinlatmoq, kelishtirmoq, qotirmoq, do'ndirmoq, qiymoq, eshmoq, yasamoq

Boqmoq

parvarishlamoq, parvarish qilmoq, qaramoq

Bor

mavjud

Bosh

kalla, sar

Boshlamoq

kirishmoq, tutinmoq

Boshliq

rahbar, yo'lboshchi, rahnamo, ishboshi, boshchi, katta, kattakon, xo'jayin, sarkor

Boshqarmoq

idora qilmoq (etmoq), so'ramoq

Bosilmoq

to'xtamoq, tinmoq, qolmoq, qo'ymoq

Botinmoq

jur'at qilmoq (etmoq), jasorat qilmoq, had qilmoq, yurak qilmoq

Botir

jasur, dovyurak, yurakli(k), qo'rqmas, shijoatli, mard, yovqur, bahodir, pahlavon, er

Boy

badavlat, davlatmand, davlatli, g'ani, zangin

Boylik

davlat, dunyo, mol-mulk, mol-dunyo, sarvat, bizoat

Boyo'g'li

boyqush, yapaloqqush

Buloq

chashma

Burun

tumshuq

Buyruq

amr, farmon, farmoyish

Buyum

narsa, ashyo, mol, matoh

Buyurmoq I

amr etmoq (qilmoq)

Buyurmoq II

nasib bo'lmoq, nasib qilmoq (etmoq)

Dang'illama

hashamatli, dabdabali, serhasham, muhtasham

Dangasa

yalqov, ishyoqmas, tanbal, soyapar(var), horimtol

Dardlashmoq

hasratlashmoq

Darrov

darhol, tez, tezda(n), tezlikda, birpasda, bir zumda, bir lahzada, bir onda, zumda, lahzada

Darvoza

qopqa

Davolamoq

tuzatmoq, shifo bermoq, shifolamoq

Do'zax

jahannam, tamug', saqar

Dodlamoq

dod solmoq, dod-faryod qilmoq, dod-faryod solmoq, dod-voy qilmoq

Doira

childirma, chirmanda, kepchik, daf

Dunyo

jahon, olam, borliq, koinot, ochun

Dushman

yov, g'anim, ag'yor, yog'iy, raqib

Ega

xo'jayin, xo'ja, sohib

Ekmoq

o'tqazmoq, tikmoq, qadamoq

Elak

g'alvir

Eplamoq

uddalamoq, udda qilmoq

Er

yostiqdosh, umrdosh, rafiq, tanmahram, o'rtoq, xo'jayin, zavj, shavhar, boy

Erishmoq

yetishmoq (yetmoq), muvaffaq bo'lmoq, muyassar bo'lmoq, vosil bo'lmoq, noil bo'lmoq

Erta

barvaqt, vaqtli

Esdalik

yodgorlik, yodgor, xotira

Eshik

qopi

Eshitmoq

tinglamoq

Eslamoq

esga olmoq, xotirlamoq, yodlamoq, yod etmoq, yo'qlamoq

Fahm

farosat, zehn, did, tamiz, uquv, idrok

Falokatsiz

xavf-xatarsiz, beshikast

Faoliyatsizlik

harakatsizlik, nofaollik

Faollik

jadallik, jonbozlik, ishchanlik

Faqat

yolg'iz, birgina, tanho, yakka

Farishta

malak, hur, g'ilmon

Farosatlilik

didlilik

Farq

tafovut, ayirma, tafriq(a)

Favvora

fontan

Faxrlanmoq

g'ururlanmoq

Fayzli

serfayz, farishtali

Fazogir

kosmonavt, fazokor, astronavt

Firibgar

qallob, nayrangboz, lo'ttiboz, tovlamachi

Fohisha

buzuq, axloqsiz, g'ar

Fol

rom

Folbin

folchi, romchi, qushnoch, baxshi

Foyda I

naf, manfaat, hayon

Foyda II

daromad, kirim, tushum

Foydalanmoq

ishlatmoq

Gangimoq

dovdiramoq, esankiramoq, garangsimoq, gangiramoq, kalovlanmoq, talmovsiramoq, sarosimalanmoq, sarosimaga tushmoq

Gap

jumla

Gardish

gird, aylana

Gavda

jussa, suldar

Gazo'choq

gazplita

Gina

kudurat, gina-kudurat

Girdob

kamar, o'pqon, gum

Giyohvand

bangi, nashavand

Go'sht

et

Gul

chechak

Guldon

vaza

Gulzor

gulshan, guliston, gulbog', bo'ston, chamanzor, chechakzor

Gumbaz

qubba, toq

Gumon

shubha, shubha-gumon

Guvoh

shohid

Hamdard

dardkash, darddosh, qayg'udosh

Hamma

barcha, bari, butun, jami, butkul, tamomi, bor-yo'g'i

Hammom

mo'rcha

Hamqishloq

qishloqdosh, mahalladosh, hammahalla, ovuldosh

Hamroh I

yo'ldosh, hamsafar, esh

Hamroh II

yo'ldosh, sherik, hamdam, hamnafas, hamtovoq

Hansiramoq

harsillamoq, halloslamoq, entikmoq

Harom

makruh, nohalol, murdor

Harorat

taft, hovur

Havo

kun

Haydamoq I

quvmoq, quvlamoq

Haydamoq II

boshqarmoq, minmoq

Hayron

hayrona, lol, hang-mang, hayron-u lol, lol-u hayron

Hazillashmoq

hazil qilmoq, tegishmoq, o'ynashmoq

Hid

is, bo'y, ifor

Hisoblamoq

bilmoq, qaramoq, ko'rmoq, sanamoq, tushunmoq, atamoq

Hissa

ulush, tegish, tan, pay

Hiyla

nayrang, makr, firib, dasisa

Ho'l

nam, shilta, shalabbo

Ho'llamoq

namlamoq, suvlamoq

Homilador

ikkiqat, bo'g'oz, yukli, og'iroyoq, og'irbo'y, dujon

Hosildor

serhosil, unumli, serunum, unumdor

Hovliqmoq

hapriqmoq, hapinmoq

Hozirgi

bugungi, zamonaviy, yangi

Hunarmand

kosib

Hurmat

izzat, ehtirom, izzat-ehtirom

Hurmoq

vovullamoq, akillamoq, vakillamoq

Hushsiz

behush, karaxt

Husn

chiroy, jamol, ko'rk, zeb, husn-u jamol

Ichkilik

aroq, sharob, vino, may, musallas, maviz

Ichmoq I

simirmoq, shimirmoq, sipqarmoq, sipqormoq, (sipqirmoq)

Ichmoq II

ko'tarmoq, tortmoq, olmoq, otmoq, urmoq, no'sh etmoq

Iflos

kir, isqirt, irkit, isliqi, iqna, ivirsiq, nopok

Ikkiyuzlamachi

ikkiyuzlama, riyokor, munofiq

Ilmoq

ilgak, changak

Iltimos

iltijo, o'tinch, zor, tavallo

Imillamoq

imirsilamoq, sudralmoq, sustlashmoq, sustkashlik qilmoq (etmoq)

Imkon

imkoniyat, o'nqov

Imzo

qo'l

Indamaslik

churq etmaslik, miq etmaslik

Ingichka

nozik, xipcha

Inoq

ahil, qadrdon, totuv, ittifoq, qalin, apoq-chapoq

Inqiroz

tanazzul

Ish

yumush

Ishbilarmon

tadbirkor

Ishchi

mehnatkash, xizmatchi, mehnatchi

Ishlamoq

mehnat qilmoq, xizmat qilmoq

Isimoq

qizimoq

Istak

xohish, havas, ishtiyoq, hafsala, mayl, ra'y, ko'ngil, armon, rag'bat, tilak, orzu

Istamoq

xohlamoq, tusamoq, orzulamoq, orzu qilmoq, tilamoq, ixtiyor qilmoq, sog'inmoq

It

kuchuk, sak, bobov, tevat

Ixtiyor

izm, mayl

Izlamoq

qidirmoq, axtarmoq, istamoq

Jahl

achchiq, g'azab, qahr, zarda

Jamoa

guruh, birlashma, uyushma, ittifoq

Janjal

to'polon, g'alva, mojaro, g'avg'o, mashmasha

Jannat

behisht, rizvon, ravza, firdavs, ujmoh (uchmoh)

Jilmaymoq

kulumsiramoq, iljaymoq, irjaymoq, tirjaymoq, ishshaymoq, irshaymoq

Jingalak

fatila, qo'ng'iroq

Jirkanmoq

hazar qilmoq, yirganmoq, irganmoq

Jo'shmoq

qaynamoq, yonmoq, kishti kelmoq

Joy

o'rin

Joylashmoq

o'rnashmoq, o'rinlashmoq

Juft

qo'sh, qo'shaloq, qo'shoq

Kabob

shashlik

Kafil bo'lmoq

kafillik bermoq, kafolat bermoq, kafillikka o'tmoq

Kalit

ochqich

Kalta

qisqa, ko'toh

Kam

oz

Kambag'al

qashshoq, yo'qsil, faqir, gado, bechora, bechorahol, nochor, muhtoj, miskin, yarli

Kamtar

kamtarin, kamsuqum

Kaptar

kabutar, ko'garchin

Kasal

betob, notob, bemor, nosog', nosog'lom, xasta, og'riq

Kasb

hunar, kasb-kor, ish

Kashfiyot

ixtiro, kashf

Katta

ulug', buyuk, zo'r, azim, azamat, muazzam, ulkan, bahaybat, haybatli, yirik, gigant, kabir, hapqat

Kayfiyat

kayf, avzo

Kech kirmoq

qorong'ilashmoq, qorong'i tushmoq, kechlatmoq

Kechikmoq

kech qolmoq, hayallamoq, hayallab ketmoq, hayallab qolmoq, uzoqmoq, uzoqib ketmoq, uzoq qolmoq

Kechirmoq

kechmoq, o'tmoq, afv etmoq

Kelajak

istiqbol, kelgusi

Kelinoyi

kennoyi, yanga, kelinaya, kelinopa, checha

Kelishgan

xushbichim, xushqomat, bejirim, ketvorgan, barno, lobar, tamtam

Kelishmoq

bitishmoq

Kelmoq

tashrif buyurmoq, dorimoq

Kemirmoq

g'ajimoq, mujimoq

Kerak

lozim, zarur, darkor

Kerilmoq

kekkaymoq, gerdaymoq, manmansiramoq, takabburlanmoq

Kesmoq

qirqmoq, chopmoq

Ketmoq

jo'namoq, ravona bo'lmoq, yo'l olmoq, dorimoq, surmoq

Kichik

kichkina, mitti, jimit, arvak

Kifoya qilmoq

yetmoq, bo'lmoq

Kiprik

mijgon, mujgon, mijja

Kirish

so'zboshi, muqaddima, debocha

Kirmoq

joylashmoq, o'rnashmoq

Kiyim

libos, kiyim-kechak, ust-bosh, kiyim-bosh, engil-bosh, engil, egin

Kiymoq

ilmoq, qo'ndirmoq

Ko'chat

nihol

Ko'chirmachi

ko'chirmakash, plagiator

Ko'chmoq

o'tmoq

Ko'k I

yashil, zangor(i), ko'kmak

Ko'k II

moviy, havorang

Ko'karmoq

ko'klamoq, unmoq, amal olmoq, o'smoq

Ko'kat

ko'k

Ko'ngil

qalb, yurak, dil, siyna, ko'krak

Ko'nikmoq

o'rganmoq, odatlanmoq, odat qilmoq

Ko'nmoq

rozi bo'lmoq, unamoq, yurmoq

Ko'paymoq I

ortmoq, oshmoq, oshib-toshmoq, urchimoq, seroblashmoq

Ko'r

so'qir, basir, ojiz

Ko'rinish

tus, qiyofa, avzo, vajohat, turq, siyoq

Ko'rsatma

yo'l-yo'riq

Kompas

qiblanamo

Kon

shaxta

Kuch

quvvat, mador, majol, darmon, qudrat

Kuchaymoq

zo'raymoq

Kuchli

quvvatli, baquvvat, azamat, polvon, zabardast, zo'r

Kulgi

xanda, qahqaha

Kulmoq

hiringlamoq, xaxolamoq, qahqaha otmoq (urmoq)

Kutmoq

poylamoq

Kuy

musiqa, tarona

Kuylamoq I

ashula aytmoq, qo'shiq aytmoq, xonish qilmoq, jirlamoq

Kuylamoq II

madh etmoq (qilmoq), tarannum qilmoq (etmoq)

Kuzatmoq

uzatmoq, xayr-xo'sh qilmoq

Lab

dudoq, irin

Lagan

tovoq

Latifa

anekdot, afandi

Lavlagi

qizilcha

Lavozim

mansab, amal, o'rin, ish

Loyiq

munosib, muvofiq, mos, bop, monand, maqbul, taqovul

Lug'at

so'zlik

Lug'atshunoslik

lug'atchilik, leksikografiya

Ma'lum bo'lmoq

ayon bo'lmoq, bilinmoq, ravshanlashmoq, ravshan bo'lmoq, oydinlashmoq, aniqlashmoq, ma'lum-mashhur bo'lmoq

Ma'no

mazmun, ma'ni

Mag'rurlanmoq

g'ururlanmoq, kibrlanmoq, havolanmoq

Mahbus

mahkum, ariston

Majburlamoq

qistamoq, majbur qilmoq (etmoq), zo'rlamoq

Majlis

yig'ilish, yig'in, kengash, mashvarat

Maqsad

niyat, murod, muddao, maqsud

Maqtanmoq

marsinmoq

Maqtov

olqish, alqov, tahsin, sallamno, ko'tar-ko'tar

Mard

tanti, jo'mard, himmatli, er

Mashg'ul

band, ovora, andarmon

Maslahat

kengash, mashvarat

Masofa

oraliq

Mato

gazlama, gazmol

Maydalamoq

mayda-mayda qilmoq, burdalamoq, burda-burda qilmoq, parchalamoq, parcha-parcha qilmoq, bo'laklamoq, tilkalamoq, tilka-tilka qilmoq (etmoq), poralamoq, pora-pora qilmoq (etmoq)

Maza

ta'm, tot, lazzat

Mehmon

qo'noq

Mehnatsevar

mehnatkash, mehnatchan

Merosxo'r

voris

Mo'jiza

karomat

Mo'l

serob, mo'l-ko'l, to'kin, to'kin-sochin, ma'mur

Mo'ljallamoq

mo'ljal qilmoq, ko'zlamoq, chog'lamoq, cho'tlamoq

Mol

tovar

Momoqaldiroq

momaguldurak, qaldiroq, guldurak

Muharrir

redaktor

Muhim

ahamiyatli, asosiy

Muhtoj bo'lmoq

zor bo'lmoq, zoriqmoq

Mukofot

siylov, ajr, siyliq

Munosabat

aloqa, muomala, ora, robita

Musobaqa

bellashuv, kurash

Muxlis

ixlosmand, ishqiboz, shinavanda, muhib

Muz

yax

Nafas

dam, tin

Nafas olmoq

tin olmoq, so'lish olmoq

Namozshom

oqshom

Namuna

misol, o'rnak

Narvon

shoti, zangi

Narx

narx-navo, baho, qiymat

Narxlamoq

baholamoq

Nashr qilmoq(etmoq)

bosmoq, chop qilmoq (etmoq)

Nasihat

o'git, pand, mav'iza

Natija

oqibat, yakun

Navbat

gal, kezak

Nimjon

zaif, nozik

Nina

igna, so'zan

Noiloj

nochor, chor-nochor, ilojsiz, istar-istamas

Nok

nashvati, olmurut

Nola

nolish, oh, zor, fig'on, afg'on, faryod

Nolimoq

shikoyatlanmoq, shikoyat qilmoq, zorlanmoq, hasratlanmoq, hasrat qilmoq

Noma'lum

noma'lum, noayon, notayin, tayinsiz, dudmol, mujmal, muhmal, mubham, mavhum, belgisiz

Nomus qilmoq

or qilmoq, andisha qilmoq, orlanmoq

Noqulay

o'ng'aysiz, noo'ng'ay

Nordon

qimizak, achchiq, turush

Novcha

naynov, uzun, daroz

Noxush

ko'ngilsiz, yoqimsiz

Noyob

nodir, kamyob, kamchil, tanqis, kamob, taqchil

Noz

karashma, ishva, g'amza, istig'no, tamanno, ado, noz-(u) karashma, noz-u istig'no, jilva, sheva

Nur

shu'la, yog'du, ziyo, partav

Obro'

e'tibor, nufuz

Obunachi

mushtariy

Ochko'z

suq(a)toy, suq, mechkay, qulqulum, badnafs, ochofat, yebto'ymas, haris, yuho, yuqtob

Odam

odamzod, kishi, inson, kimsa, kas, bashar

Odat

rasm, taomil, udum, urf, urf-odat, an'ana

Odatlanmoq

odat qilmoq, o'rganmoq

Oddiy

sodda, odmi, jo'n, behasham, bezaksiz

Odobli

adabli, boadab, axloqli, xushaxloq, tarbiyali

Og'ir I

vazmin, zalvarli, zildek (zilday), zil, zil-zambil

Og'ir II

vazmin, bosiq, sipo

Oila

xonadon, uy, ro'zg'or

Okean

ummon

Oliy

yuqori, yuksak, a'lo

Oltin

tilla, zar

Olxo'ri

olu, olhirot, qoraoli (qaroli), gurdoli, g'aynoli

Ona

ena, oyi, opa, aya, volida, buvi, momo

Ong

shuur

Oq

oppoq, oqpar, bo'z, bo'zrang, sutrang, bayzo, bayoz

Oriq

ozg'in, qiltiriq, dirdov, ipiltiriq, ramaqijon, qoqsuyak, log'ar

Orqa

ket, ort

Ortiq

oshiq, ziyod(a)

Ortmoq

yuklamoq, bosmoq, joylamoq

Osh

palov, palovxonto'ra

Oshiq

xushtor, shaydo, shaydoyi, oshufta, bedil

Oshmoq

yetilmoq, ko'pmoq, ko'pchimoq, achimoq

Oshqozon

me'da

Osmon

ko'k, samo, falak, gardun, fazo, sipehr, mi(y)nu

Oson

yengil, o'ng'ay

Ot I

yilqi, tulpor, arg'umoq, asp

Ot II

nom, ism

Ota

dada, ada, padar, qiblagoh

Otmoq

uloqtirmoq, irg'itmoq, itqitmoq

Ovoz

tovush, un, sas, sado, nido, sazo

Ovqat

taom, osh, oziq, tomoq, xo'rak, yemish, ne'mat, yegulik, g'izo, osh-non

Ovunmoq

yupanmoq

Oxir

oyoq, odoq (adoq), poyon, nihoya

Oy

oymomo, qamar, moh, hilol

Oylik

maosh, moyana, mohona

Oyna

ko'zgu, toshoyna

Ozmoq

oriqlamoq, ozg'inlanmoq, ozib-to'zmoq

Ozodlik

erkinlik, mustaqillik, istiqlol, hurlik, hurriyat, suverenitet

Parcha

qism, bo'lak, burda

Pardoz

oro, oroyish, zeb, grim

Pasaymoq

quyilamoq, tubanlamoq, enmoq, adoqlamoq

Past

quyi, tuban

Payg'ambar

nabi, rasul, rasululloh, anbiyo, payg'omchi

Peshin

tush, qiyom, toltush, to'potar

Peshona

manglay

Pichirlamoq

shivirlamoq, pichir-pichir qilmoq, shivir-shivir qilmoq

Piyoda

yayov

Piyoz

so'g'on

Polvon

pahlavon, bahodir, azamat

Poraxo'rlik

rishvaxo'rlik

Poyabzal

oyoq kiyim, choriq, boshmoq

Puch

po'k, kovak, g'ovak, ko'zanakli, po'la

Pul

aqcha, mullajiring, yakan, soqqa, loy

Puxta

mustahkam, pishiq, mahkam, chidamli