Ajablanmoq
Ajablanmoq - B1Taajjublanmoq - B2Hayron bo'lmoq - A2Hayron qolmoq - A2Hayratlanmoq - B2Hayratda qolmoq - B2Hayratga tushmoq - B2Angraymoq - B2Hang-mang bo'lmoq - B2Hang-mang qolmoq - B2
Sinonimlar
taajjublanmoqhayron bo'lmoqhayron qolmoqhayratlanmoqhayratda qolmoqhayratga tushmoqangraymoqhang-mang bo'lmoqhang-mang qolmoq
Nutq uslubi
- Ajablanmoq (badiiy)
- Taajjublanmoq (publitsistik, badiiy)
- Hayron bo'lmoq (so'zlashuv)
- Hayron qolmoq (so'zlashuv)
- Hayratlanmoq (badiiy, publitsistik)
- Hayratda qolmoq (badiiy, publitsistik)
- Hayratga tushmoq (badiiy)
- Angraymoq (so'zlashuv)
- Hang-mang bo'lmoq (qolmoq) (so'zlashuv, badiiy)
So'z birikmalari
javobidan ajablanmoq; taajjublanib so'ramoq; hayron bo'lib qolmoq; hayratlanib qolmoq; bir zum hayratda qolmoq; hayratga tushmoq; angrayib qolmoq; hang-mang bo'lib qolmoq
Misol
Otabekning bu javobidan yolg'iz Akram hojigina emas, balki majlisning boshqa a'zolari ham ajablandilar. (A.Qodiriy, O'tkan kunlar)