Sinonimlar (tanlanma)

← Ro'yxatga qaytish

Erishmoq

Erishmoq - A2Yetishmoq (yetmoq) - A2Muvaffaq bo'lmoq - B1Muyassar bo'lmoq - B2Vosil bo'lmoq - C1Noil bo'lmoq - C1

Sinonimlar

yetishmoq (yetmoq)muvaffaq bo'lmoqmuyassar bo'lmoqvosil bo'lmoqnoil bo'lmoq

Nutq uslubi

  • Erishmoq (so'zlashuv, badiiy, rasmiy)
  • Yetishmoq (Yetmoq) (so'zlashuv, badiiy, rasmiy)
  • Muvaffaq bo'lmoq (badiiy, rasmiy, publitsistik)
  • Muyassar bo'lmoq (badiiy, rasmiy)
  • Vosil bo'lmoq (badiiy)
  • Noil bo'lmoq (badiiy; eskirgan)

So'z birikmalari

istaklariga erishmoq; niyatiga yetishmoq; tilagiga yetmoq; lashkar to'plashga muvaffaq bo'lmoq; uchrashmoq sharafiga muyassar bo'lmoq; vasliga vosil bo'lmoq; jannatga noil bo'lmoq

Misol

Qani endi dunyoda vafo bo'lsa, har kim tilagiga yetsa. (A.Qahhor, Shohi so'zana)