Sinonimlar lug'ati

← Ro'yxatga qaytish

Ichmoq I

Ichmoq - A1Simirmoq - B2Shimirmoq - B2Sipqarmoq - C1Sipqormoq (Sipqirmoq) - C2

Sinonimlar

simirmoqshimirmoqsipqarmoqsipqormoq(sipqirmoq)

Nutq uslubi

  • Ichmoq (barcha uslublar)
  • Simirmoq (badiiy, so'zlashuv)
  • Shimirmoq (badiiy)
  • Sipqarmoq (badiiy)
  • Sipqormoq, Sipqirmoq (so'zlashuv)

So'z birikmalari

sho'rva ichmoq; choyni simirmoq; suvni shimirmoq; bir chinni kosa sipqarmoq; qatiqni sipqormoq; achchiq choyni sipqirmoq

Misol

Karomat erining sovib qolgan choyini ichdi-da: - Bugun o'xshatib quyruq yog'iga palov qilib beraman, - dedi. (A.A'zam, Bu kunning davomi)