Sinonimlar (tanlanma)

← Ro'yxatga qaytish

Noma'lum

Noaniq - A2Noma'lum - A2Noayon - B2Notayin - B1Tayinsiz - B1Dudmol - B2Mujmal - B2Muhmal - C1Mubham - B2Mavhum - B2Belgisiz - B2

Sinonimlar

noma'lumnoayonnotayintayinsizdudmolmujmalmuhmalmubhammavhumbelgisiz

Nutq uslubi

  • Noaniq (barcha uslublar)
  • Noma'lum (barcha uslublar)
  • Noayon (badiiy)
  • Notayin (so'zlashuv)
  • Tayinsiz (so'zlashuv)
  • Dudmol (so'zlashuv, badiiy)
  • Mujmal (so'zlashuv, badiiy)
  • Muhmal (badiiy)
  • Mubham (badiiy)
  • Mavhum (ilmiy, badiiy)
  • Belgisiz (badiiy)

So'z birikmalari

noaniq maqsad; noma'lum yigit; noayon shuur; notayin joy; dudmol javob; mujmal gap; mubham xavotir; mavhum tushuncha; belgisiz yoqlar

Misol

Zohid ham taklif etilmaganlar safida, ammo uning maqsadi Asadbek odamlari uchun noaniq edi. (T.Malik, Shaytanat)