Ovqat
Ovqat - A1Taom - A2Osh - A1Oziq - B1Tomoq - B1Xo'rak - B2Yemish - B1Ne'mat - B2Yegulik - A2G'izo - C2Osh-non - B1
Sinonimlar
Nutq uslubi
- Ovqat (barcha uslublar)
- Taom (badiiy, rasmiy)
- Osh (so'zlashuv, badiiy)
- Oziq (barcha uslublar)
- Tomoq (so'zlashuv, badiiy)
- Xo'rak (so'zlashuv)
- Yemish (so'zlashuv, badiiy)
- Ne'mat (badiiy)
- Yegulik (so'zlashuv)
- G'izo (badiiy; eskirgan)
- Osh-non (so'zlashuv)
So'z birikmalari
kechki ovqat; taomni oz yemoq; osh bermoq; bir haftalik oziq; tomoqdan o'tmoq; xo'rak topmoq; har xil yemish; mo'l-ko'l ne'matlar; yegulik ko'tarib bormoq; g'izo bermoq; osh-non ulashmoq
Misol
Bir kuni uy bekasi mendan cholga kechki ovqat chiqarib berishni iltimos qilib qoldi. (N.Eshonqul, Maymun yetaklagan odam)